Imbirniy Tonik

Kuch va tozalik

Fransuz mohir parfumer ustalari tomonidan yaratilgan va xalqaro IFRA standarti bo‘yicha sertifikatlangan “Imbir tonigi” — xonalarni xushbo‘ylashtirish uchun mo‘ljallangan betakror fransuz aromati. Uning quvvatli kompozitsiyasi evkalipt, shirali apelsin va limonning tetik notalaridan boshlanib, asta-sekin imbir, oppoq gullar va kardamonning iliq hamda ziravorli ohanglariga ulanadi. Yakunda esa sandal daraxtining chuqur izlari va oq mushkning mayinligi aromatga barqarorlik va olijanoblik baxsh etadi.

Aromat notalari:

  • Yuqori: evkalipt, apelsin, limon
  • O‘rta: imbir, oppoq gullar, kardamon
  • Asosiy: sandal daraxti, oq mushk

Bu uyg‘unlik faoliyat va ilhom muhitini shakllantirish muhim bo‘lgan biznes joylari uchun ayni mos: fitnes klublar, zamonaviy ofislar, konferensiya zallari, kovorkinglar va ishbilarmonlik muloqoti hududlari.

0% og‘ir notalar
0% bezovta qiluvchi ta’sir

Другая наша
Продукция

Arizangiz qabul qilingdi!✅